Header poster
Дунё 10.02.2022

Buyuk Britaniya porno ko‘rishni yoshga qarab cheklashga qaror qildi

Buyuk Britaniya hukumati porno saytlarga kirishni yosh bo‘yicha cheklash g‘oyasiga qaytdi. ushbu qonun 2019 yilda bekor qilingan, ammo endi mamlakat hukumati yangi tuzatishlarni tayyorlamoqda - qat’iy cheklovlar bilan. Qonun ham pornografik saytlar, ham "ko‘plab pornografik materiallar mavjud bo‘lgan" ijtimoiy tarmoqlarni o‘z ichiga oldi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Qayd etilishicha bu qonun asosan Reddit va Tvitterga ta’sir qiladi, sababi Instagram va Facebook allaqachon o‘z saytlarida pornografik kontentni butunlay taqiqlagan.

Ushbu ijtimoiy tarmoqlar o‘z foydalanuvchilarining yoshini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishlari yoki mamlakat hududida barcha porno kontentlarni blokirovka qilishlari kerak bo‘ladi.

Saytlarning foydalanuvchilar yoshini tekshirishdan bosh tortishi ular uchun yirik jarima yoki blokirovka bilan tugaydi. The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada porno saytlarga yiliga 20 dan 25 milliongacha odam tashrif buyuradi va bir foydalanuvchining yoshini tekshirish 15-20 pens turadi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар