
Ekvadorda suv toshqinlari qurbonlari soni 24 kishiga yetdi
Bu haqda 2-fevral, chorshanba kuni Xavf va favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tabiiy ofatlar oqibatida yana 48 kishi jarohat olgan, 12 kishi bedarak yo‘qolgan.
Suv toshqinlari dushanba kuni kuchli yomg‘irlar shaharda so‘nggi 20 yil ichida yog‘ingarchilik rekordini yangilaganidan keyin boshlangan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, La Gaska va La Kommuna ishchilar mahallalari hududida suv to‘plangan, shundan so‘ng loy toshli oqim paydo bo‘lgan. U yo‘lda mashinalarni supurib tashladi, uylarni suv bosdi va muhandislik ustunlarini qulatdi. Natijada Kito shahrining bir qismi elektr energiyasiz qoldi.
Rasmiylar jabrlangan oilalar uchun boshpana ochib, shahar ko‘chalarini tozalashga kirishgan. Qutqaruv guruhlari loyga botgan uylar va ko‘chalarni qidirishda davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.