
Дунё
31.01.2022
AQShda o‘n minglab odamlar qor bo‘roni tufayli elektr ta’minotidan uzildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining sharqiy qirg‘og‘ida yashovchi o‘n minglab odamlar qor bo‘roni tufayli elektr ta’minotidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda NBC News telekanali.
Qayd etilishicha, mahalliy aholi qor bo‘ronlarini so‘nggi to‘rt yildagi eng kuchlisi deb atamoqda.
Massachusets shtatida 96 mingdan ortiq odam chiroqsiz qolgan. Boshqa hududlarda ham elektr ta’minoti to‘xtashi kutilmoqda.
Kuchli qor tufayli ko‘plab avia reyslar bekor qilingan. Xususan, Nyu-Yorkning ikkala ayeroporti shanba kuni qor yog‘ishi tufayli deyarli to‘xtatilgan. Endilikda havo qatnovini bosqichma-bosqich tiklash niyatida.