Header poster
Дунё 29.01.2022

Pokistonda terakt sodir bo‘ldi. Halok bo‘lgan askarlar bor

Pokiston janubi-g‘arbida, Balujiston viloyatida sodir etilgan terakt oqibatida 10 nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda DAWN xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, jangarilar Kech hududidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi. Terroristlar bilan shiddatli otishma chog‘ida 10 nafar askar halok bo‘ldi. Shuningdek, bir jangari halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi hamda uch nafar terrorist qo‘lga olingan.

Harbiylar hujum ortida turgan terrorchilar qaysi guruhga tegishli ekanligiga aniqlik kiritmadi, Ammo Balujiston ozodlik fronti ijtimoiy tarmoqlar orqali hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Balujiston Pokistonning janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, Eron va Afg‘oniston bilan chegaradosh.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар