Header poster
Дунё 26.01.2022

Navalniy va Lyubov Sobol terrorchilar va ekstremistlar reestriga kiritildi

Muxolifatchi Aleksey Navalniy terrorchilar va ekstremistlar ro'yxatiga kiritildi. U bilan birga uning hamkasblari — Lyubov Sobol, Georgiy Alburov, Vyecheslav Gimadi, Ruslan Shaveddinov, Liliya Chanisheva va boshqalar ro'yxatga olingan.

Ro'yxatga olingan shaxslarning bank hisoblari muzlatiladi. Ro'yxatga terrorizm va ekstremizm masalalari bo'yicha tergov qilinayotgan yoki mahkumga aylananlar kiritilishi mumkin.

2021 yilning sentabr oyida Rossiya tergov komiteti Navalniy va uning hamkasblari faoliyati bilan bog'liq ekstremistik jamiyatni yaratish va boshqarish bo'yicha jinoiy ish ochgqn edi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар