Header poster
Дунё 04.01.2022

Mavrikiy orolida samolyot hojatxonasining axlat qutisidan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi

“Air Mauritius” aviakompaniyasi samolyotining hojatxona qutisidan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi.

Mavrikiy aeroporti xodimlari samolyot hojatxonasining axlat qutisiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqni topdi. 

Madagaskarlik 20 yoshli ayol reysda tug‘ishda gumon qilinib, hibsga olindi. 

Madagaskardan kelgan “Air Mauritius” samolyoti 1 yanvar kuni “Syor Seyevuzagyur Ramgulam” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Aeroport xodimlari samolyotni bojxona tekshiruvidan o‘tkazish uchun ko‘zdan kechirish chog‘ida chaqaloq tashlab ketilganini aniqlagan. Ular chaqaloqni davolash uchun davlat shifoxonasiga yetkazishgan. 

Bolaning onasi ekanligida gumonlangan ayol avvaliga bolaning o‘ziniki ekanini rad etgan. Ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning endigina ko‘zi yorigani tasdiqlandi. 

U shifoxonada polisiya nazoratiga olingan.  Onaning ham, chaqaloqning ham ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. 

Mavrikiyga ikki yillik ishlash ruxsati bilan kelgan malagaslik ayol shifoxonadan chiqqanidan keyin so‘roq qilinadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqni tashlab ketganlikda ayblanadi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар