Header poster
Спорт 18.12.2021

Odil Ahmedov o‘zi haqida kitob yozdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori va hozirda Xitoyning “Sanchjou” klubi futbolchisi Odil Ahmedov kitob yozdi. Unda futbolchining faoliyati aks etgan va “Orzuning shonli yo‘li” deb nomlangan.

18 dekabr kuni o‘zbek futbolining yorqin namoyondasi Odil Ahmedov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy kecha tashkil etiladi. Kechada “Orzuning shonli yo‘li” nomli kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli futbolchi joriy yilning 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘FA kongressida milliy terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov 2007 – 2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida faoliyat yuritgan va 105 o‘yinda maydonga tushib, 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар