Header poster
Спорт 13.02.2022

Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan bahsda "Roma" durang qayd etdi

Italiya chempionatining 25-turida “Roma” mehmonda “Sassuolo”ga qarshi maydonga tushdi.

Gollarga boy kechgan o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Rimliklar uchrashuvni bir kam bo‘lib yakunlashdi. Kristante hakam qo‘shib bergan daqiqalarda gol urib, “Roma”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 69-daqiqadan boshlab maydonda harakatlandi.

A Seriya. 25-tur

 Sassuolo — Roma 2:2

Gollar: Smolling (47, avtogol), Traore (73) — Abraham (45+1, penalti), Kristante (90+4).

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар