Header poster
Спорт 12.02.2022

Koutinyo: "Men hozir buyuk klubdaman va "Barsa"dagi davrimni eslashni xohlamayman"

Angliyaning "Aston Villa" klubi futbolchisi Filippe Koutinyo APLga qaytishi hamda bu yerning "Barselona"dan farqi haqida fikr bildirdi.

Menga bu chempionat juda yoqadi. Premyer-ligani hamda undagi odamlarni juda sog'ingan ekanman. Qaytib kelganim juda yaxshi bo'ldi.

Bu yerda o'yinlar juda shiddatli o'tmoqda va menga aynan shundaylari juda yoqadi. Yana moslashishga harakat qilishim va mashg'ulotlarda maksimal darajada yaxshi o'yin ko'rsatishim lozim. Menimcha, intensivlik jihatidan yaxshilanib boryapman.

 

Ispaniyada bunday o'ynashmaydi. "Barselona"da siz odatda to'p bilan ko'proq vaqt o'tkazasiz va uni nazorat qilasiz. Hozir men buyuk klubdaman va Ispaniyadagi davrimni eslashni xohlamayman. Shunchaki futboldan zavqlanishni istayapman. To'g'ri, Angliya biroz sovuqroq, lekin aynan shu yerda futbol, klub va odamlar juda yaxshi, – deydi Koutinyo.

 

Ma'lumot uchun, 29 yoshli yarim himoyachi Premyer-liganing 3 o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар