
Спорт
10.02.2022
Jerrard: "Agar sizga Koutinyoning o'yini yoqmagan bo'lsa, unda siz futbol ko'rishni to'xtating"
Angliyaning "Aston Villa" klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard APL 24-turi doirasidagi "Lids"ga qarshi bahsdan so'ng (3:3) yarim himoyachi Filippe Koutinyoning o'yini haqida fikr bildirdi.
O'yin qanday o'tganini o'zingiz ko'rdingiz. U futbolda qilish mumkin bo'lgan barcha narsani qildi. Agar shundan keyin ham sizga uning o'yini yoqmasa, unda siz futbol ko'rishni to'xtating. Chunki u mutlaqo mukammal o'yin namoyish etdi, – deydi Jerrard.
Ma'lumot uchun, Koutinyo ushbu o'yinda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirib, o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U APLga kelganidan beri 3 ta o'yinda ishtirok etib, gol+pas tizimida 2+2 ochko to'pladi. Solishtirish uchun, APLda bu mavsum 18 ta o'yin o'tkazgan Sancho atigi 1 ta gol ura olgan.