Header poster
Спорт 17.01.2022

“Real Madrid” finalda “Atletik”ni mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogiga ega chiqdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining finalida “Real Madrid” va “Atletik Bilbao” jamoalari 16-yanvar, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Luka Modrich madridliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Karim Benzema penaltini golga aylantirdi.

O‘yin yakunlanishi arafasida Eder Militao darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Belgilangan penaltidan Raul Garsiya unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari mavsumdagi dastlabki sovrinni qo‘lga kiritdi. So‘nggi bor “Real” 2019/20-yilgi mavsum Superkubogiga ega chiqqandi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар