
Жамият
27.12.2021
O‘zbekiston 2021-yilning yanvar—noyabr oylarida asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi
2021-yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekiston Xitoydan — 6963 ta, Janubiy Koreyadan esa 5630 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, quyidagi davlatlardan ham yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilingan:
Rossiya – 4 167 ta;
Qozog‘iston – 3 731 ta;
Polsha – 1 204 ta;
AQSh – 479 ta;
Litva – 427 ta;
Tailand – 250 ta;
Germaniya – 103 ta;
Yaponiya – 88 ta.