Header poster
Жамият 25.12.2021

Toshkentdagi Milliy bog‘ hududida Ma’naviyat shaharchasi quriladi

Toshkentdagi Milliy bog‘ hududida Ma’naviyat shaharchasi quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning "2021-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022-yilga rejalar to‘g‘risida" murojaatida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, Toshkentda qurilish sohasida kelgusi 2022-yilda bir qator yirik obyektlarni topshirish rejalashtirilgan. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbek milliy akademik drama teatri va O‘zbekiston davlat san’at muzeyini o‘z ichiga olgan yangi, ulkan majmua – Ma’naviyat shaharchasi shular jumlasidan. Ushbu qurilishlar Milliy bog‘ hududida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, murojaatda keltirilishicha, Islom sivilizatsiya markazi qurilish ishlari davom ettiriladi. Sport musobaqalari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlarini o‘tkazish maqsadida Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab Olimpiya shaharchasini bunyod etish yuzasidan qurilish ishlari boshlanadi. Poytaxtda 12 ta "yashil hudud" va xiyobon hamda 25 ta alleya tashkil etiladi.

Dasturga muvofiq, 2022-yilda 7 ta kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish, shuningdek, mavjud gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash hamda suv resurslarini takomillashtirish ishlari amalga oshiriladi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар