Header poster
Жамият 25.12.2021

Andijonda “Hizb ut-Tahrir”ga a’zoligi uchun "o‘tirib chiqqan" 12 kishi yana shu tashkilotga a’zo bo‘lgani uchun qo‘lga olindi

Andijon viloyatida 22-dekabr kuni “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorlarining faoliyatiga chek qo‘yilgani ma'lum qilindi?

Mavjud tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borganligi uchun uzoq yillar jazo muddatini o‘tab chiqqan A.A. (1968-yilda tug‘ilgan) jinoiy faoliyatini tiklab, 11 nafar sobiq g‘oyadoshlarini o‘zining noqonuniy harakatlariga jalb qilgan.

РЕКЛАМАUshbu shaxslarning barchasi muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga a’zo bo‘lgani uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan. Ular hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan, jinoiy til biriktirib, aholi orasida hamda internet orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish va shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

Hibsga olingan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib, olib qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар