Header poster
Жамият 23.12.2021

Farg‘onalik o‘qituvchilar xorijda malaka oshiradi, ularga viloyat hokimligining maxsus ustamasi to‘lanadi

Farg‘onalik ilg‘or o‘qituvchilar xorijda malaka oshiradi, ular uchun viloyat hokimligining maxsus ustamasi joriy etiladi. O‘quvchilar davomati Face control (yuzdan tanib olish) qurilmalari orqali nazorat qilinadi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 2021-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2022-yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan aholiga murojaatida aytib o‘tildi, deya xabar berdi Daryo

Qayd etilishicha, 2022-yilda 147 milliard so‘m mablag‘ evaziga viloyatdagi 25 ta maktabda rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Maktablarda o‘quvchilar davomatini yaxshilash bo‘yicha yangi davomatni nazorat qilish axborot tizimi joriy etiladi. O‘tgan yili o‘rganishlarimiz natijasida Qo‘qon shahridagi maktablarda davomat juda pastligi aniqlangan edi. Shundan keyin Face ID — o‘quvchilar davomatini yuzdan aniqlash tizimini tajriba sifatida joriy qilgandik. Ushbu tizim yaxshi samara berib, o‘quvchilar davomati 15 foizga o‘sdi. Asta-sekin butun viloyat bo‘yicha shu tizimga o‘tiladi.

Viloyatda ta’lim sifatini yaxshilash, xususiy maktablar sonini ko‘paytirish uchun maxsus imtiyozli kredit dasturi ishlab chiqiladi, kreditning bir qismi uchun viloyat hokimligining kafilligi beriladi. Eng yaxshi natija qayd etgan xususiy maktablar uchun viloyat mahalliy budjetidan subsidiyalar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Eng yaxshi o‘qituvchilarimiz viloyat hokimligi tomonidan xorijiy davlatlarga tajriba o‘rganish va malaka oshirish uchun yuboriladi.

2022—2023-o‘quv yili yakuni bo‘yicha maktab dasturiga kiritilgan har bir fan bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilar uchun mavjud ustamalarga qo‘shimcha ravishda viloyat hokimligining maxsus ustamasi joriy etiladi. Bu ustama bir o‘quv yili davomida to‘lab boriladi, uning talablari hamda nizomi ishlab chiqilib, barcha pedagoglarga yetkaziladi, degab Farg‘ona viloyat hokimi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар