Header poster
Жамият 22.12.2021

"Million foiz haqman" - Ozodbek Nazarbekov yana do‘ppi haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlik xodimlarining do‘ppi kiyish kampaniyasi boshlashidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda kechgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.

2021 yil 20 dekabr kuni Toshkent yoshlar forumida ishtirok etgan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Kun.uz muxbiri savollariga javob bergan.


— Do‘ppi masalasida jamoatchilik tomonidan e’tirozli fikrlar ham bildirildi. Bunga qanday qaraysiz?

— Bu masalada shu darajada pastga tushgim kelmayapti. Bu yerda haqligimni million foiz bilaman. Shu millatning vakili sifatida hammamiz do‘ppi kiyaylik deyishga haqqim bor. Bu zo‘rlash yoki majburlash emas. Men shunchaki hammaga eslatdim. Ko‘chada yoshlar chechenlarning do‘ppisini kiyib yuribdi, ularga hech kim indamayapti-ku, men do‘ppi kiymoqchi bo‘lsalaring, bu bizdayam bor, o‘z ota-bobolarimizning bosh kiyimini kiyinglar degan ma’noda aytgandim.

Uyingga borib kiy, ertaga chopon kiydirib, belbog‘ ham taqtirasizlar qabilidagi gaplar bo‘ldi. Biz zo‘ravonlik yoki majburiy tartibda hamma shunday qilsin demayapmiz. Men bitta qadriyatimizni targ‘ib qildim. Agar bunday qilishga haqqim bo‘lmasa, aytinglar.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар