Header poster
Жамият 21.12.2021

Qibraydagi 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar poytaxt tarkibiga oʻtkazildi

Qibray tumanidan 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar Toshkentning Yashnobod tumani tarkibiga oʻtdi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hududlarda olib borilgan xatlov ishlari natijalariga koʻra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2107,4 gektar yer, shundan 1002,6 gektar qishloq xoʻjaligi yer maydoni hamda quyidagi ijtimoiy obyektlar oʻtkazilishi taʼminlangan:

mahallalar — 8 ta;
noturar joylar — 195 ta;
turar joylar — 5091 ta;
maktablar — 3 ta;
maktabgacha taʼlim muassasalari — 1 ta;
diniy muassasalar — 2 ta;
qabristonlar — 2 ta;
tibbiy muassasalar — 1 ta.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар