Header poster
Жамият 21.12.2021

O‘zbekistonda yuqori lavozimdagi amaldorlarning aksariyati Iqtisodiyot universitetida o‘qigani ma'lum bo'ldi

O‘zbekistonda yuqori lavozimdagi amaldorlarning aksariyati iqtisodiyot universitetida o‘qigan, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 61 nafar rahbardan 16 tasi Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shuningdek 9 tasi Qoraqolpog‘iston Respublikasida (ulardan 6 tasi Qoraqolpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi va o‘rinbosarlari), 7 tasi Toshkent, 6 tasi Namangan, 5 tasi Samarqand, 4 tasi Farg‘ona, 3 tasi Qashqadaryo, 3 tasi Xorazm, 2 tasi Andijon, 2 tasi Buxoro, 2 tasi Jizzax va yana 2 tasi Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan.

Rahbarlarni tarbiyalash bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik farq bilan Milliy universtitetdan oldinda. Keyingi o‘rinlarda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqalar joylashgan.

O‘zbekistonning uch hokimiyatidagi rahbarlarning o‘rtacha yoshi 53 yoshni tashkil etadi. O‘rta yoshi eng yuqori bo‘lgan tizim parlament hisoblanadi — 58 yosh. Keyingi o‘rinlarda Oliy sud — 54 yosh, hokimiyatlar — 52 yosh va Vazirlar Mahkamasi — 51,5 yosh. Eng yosh va katta amaldorlar orasidagi farq — 34 yosh (Xalq ta’lim vaziri Baxtiyor Saidov — 40 yosh, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov — 74 yosh).

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар