Header poster
Жамият 21.12.2021

Qibrayda vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIV 2-son Toshkent akademik litseyining 3-kurs talabasi Qibray tumanida joylashgan “Oqqovoq” temiryo‘l bekatining 21-kilometrida vagon ustiga chiqishi oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.

20-dekabr kuni u o‘qigan litseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘quvchilarga temiryo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temiryo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temiryo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik, temiryo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар