Header poster
Жамият 18.12.2021

Mirobod tumanida 5 ming yevroga teng qalbaki tangalarni ayirboshlagan shaxslar ushlandi

Departament organlari tomonidan qalbaki pul muomalasi bilan bog‘liq jinoiy faoliyatlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bank muassasasiga qarashli “Markaz” nomli valyuta ayriboshlash shahobchasiga topshirilgan 2 yevro nominalidagi 2 470 dona 4 940 yevro miqdoridagi tangalar qalbaki ekanligi hamda amaliyot boshqarmasining kassa amaliyotlari va naqd pul muomalasi bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu valyutalar tekshirilmasdan qabul qilinganligi natijasida bank manfaatlariga 59,3 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan. 

Xuddi shunday, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M” MCHJ mol bozorida 2 bosh qo‘ylarini sotish evaziga o‘ziga notanish bo‘lgan shaxslardan olgan 2,1 mln so‘m pullardan 100 ming so‘m kupyuradagi 20 donasi qalbaki ekanligi aniqlangan.  

Qayd etilishicha,  mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар