Header poster
Жамият 18.12.2021

Farg‘onada salkam 2,5 mlrd so‘mlik tender o‘tkazildi. Unda faqatgina bir manzilda joylashgan ikki kompaniya qatnashgan

Bugun.uz xabar berishicha, Farg‘ona viloyati hokimiligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring" kompaniyasi 10 dekabr kuni Qurilish vazirligining tender.mc.uz portalida yirik tender yakunlangani haqida ma’lumot joyladi. Tenderning umumiy qiymati 2 milliard 457 million so‘mni tashkil qilgan. Unda hokimlik huzuridagi kompaniya Qo‘qon shaxridagi erkaklar Muruvvat uyi binosini rekonstruksiya qiluvchi (qo‘shimcha ishlar) kompaniyani aniqlagan. Hujjatga ko‘ra, "FARGONA KRISTAL QURILISH" korxonasi g‘olib bo‘lgan. U bilan birga faqatgina "FAR JASMIN DISKO SERVIS" korxonasi tenderda qatnashgan.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib kompaniya Farg‘ona shahar Farobiy ko‘chasi 9/1-sonli 5-qavatli turar joy binosida joylashgan. Kompaniyaga 2010 yilda asos solingan, uning ustav kapitali 5 million so‘mni tashkil qiladi. Ta’sischi — Salamov Azizbek Abdurahmanovich.

E’tiborlisi shundaki, tenderdagi yagona raqib "FAR JASMIN DISKO SERVIS" kompaniyasi ham g‘olib bilan bir manzilda joylashgan. Shu bilan birga, ikki kompaniyaning telefon raqami va elektron pochtasi ham bir xil. Ammo ta’sischi boshqa — Sultonov Oybek Qo‘ziboyevich.

Hujjatga ko‘ra, tender komissiyasining yakuniy baholash natijalari asosan eng ko‘p ball to‘plagan "FARGONA KRISTAL QURILISH" xususiy korxonasi tanlov savdosining QQS bilan 2 415 000 000 (2 milliard 415 million) so‘m va 40 kun qurilish muddati bilan g‘olib deb topilgan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар