Header poster
Жамият 17.12.2021

Qashqadaryoda 51 yoshli erkak o‘gay o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 51 yoshli erkak o‘gay o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 10 dekabr kuni soat 23:55larda Dehqonobod shaharchasida yashovchi 51 yoshli B.T. tumanning Zavqiy mahallasida yashovchi shar’iy nikohdagi ikkinchi xotini N.X.ning uyida 15 yoshli o‘gay o‘g‘li tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan.

Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, er-xotin ikkalasi 10 dekabr kuni tuman markazidagi oshxonada mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilgan. So‘ng uyga kelib o‘zaro janjallashib qolishgan. Janjal davomida marhum oshxona pichog‘i bilan xotiniga tahdid qilgan.

Buni kuzatib turgan 15 yoshli Sh.J. mast holda bo‘lgan B.T.ning qo‘lidan pichoqni tortib olgan. Keyin o‘zini himoya qilish maqsadida uni o‘gay otasiga sanchgan. Oqibatda B.T. og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman prokuraturasi tomonidan Sh.J.ga Jinoyat kodeksining 100-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар