Header poster
Жамият 14.02.2022

Andijondagi uzrbozlik ortidan tuman hokimi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi, hokim esa hayfsan oldi

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 72-maktabda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangani ortidan tuman hokimi o‘rinbosari Muxtor Qurbonov ishdan bo‘shatildi, hokim Bobur Yo‘ldoshevga esa hayfsan berildi. Qolaversa, maktab direktori Muqaddamxon Hasanova va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Aliyaxon Abduvohidova lavozimlaridan ozod qilindi.

 

14 fevral kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov raisligida o‘tkazilgan hokimlik soatida Marhamat tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidagi uzrbozlik masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. Bu haqida Gazeta ma'lum qildi.

Xabar berilishicha, yig‘ilishda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangani ortidan tuman hokimi o‘rinbosari Muxtor Qurbonov ishdan bo‘shatildi, tuman hokimi Bobur Yo‘ldoshevga esa hayfsan berildi.

Bundan tashqari, 72-IDUM direktori Muqaddamxon Hasanova hamda Marhamat tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Aliyaxon Abduvohidovani vazifasidan ozod etish bo‘yicha xulosaga kelingan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар