Header poster
Жамият 14.02.2022

Chirchiqda qalbaki hujjatlar orqali bankdan 4 mlrd so‘m kredit olgan tadbirkor aniqlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida qalbaki hujjatlar orqali bankdan kredit olishga muvaffaq bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “G.I.” MChJ rahbari bo‘lgan fuqaro J.E. boshqa bir korxonaga tegishli 3 qavatli noturar joy binosi internet saytlari orqali sotuvga qo‘yilganidan foydalanib, obyektning kadastr hujjati, MChJ rahbarining imzo va muhrini qalbakilashtirgani aniqlangan.

U ushbu hujjatlar orqali binoni garov ta’minoti sifatida qo‘yib, bank muassasasidan 4 milliard so‘m kredit mablag‘ini olgan va pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Shuningdek, tijorat banki filiali mas’ul shaxslari J.E. tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq o‘rganmagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар