Header poster
Жамият 12.02.2022

Kollej va texnikum o‘quvchilariga ham stipendiya berilishi mumkin

O‘zbekistonda tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga qo‘shimcha huquqlar berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan islohotlarni jadallashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasida so‘z boradi.

Qaror loyihasida tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga quyidagi huquqlar berilishi belgilangan:

•    professional ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonidan bo‘sh bo‘lgan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, boshqa bino va inshootlarini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda tadbirkorlik sub’ektlariga o‘quv  kurslari tashkil etish hamda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ijaraga berish;

•    professional ta’lim muassasalaridagi bo‘sh turgan yer uchastkalari, bino va inshootlarida ta’lim muassasasining tayyorlov yo‘nalishlariga mos keladigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ta’lim muassasasi ta’sischiligidagi ma’suliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etish;

•    professional ta’lim muassasasining o‘quv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan yarim tayyor, tayyor mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) namoyish qilish va sotish;

•    yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni sotishdan hamda bo‘sh turgan bino, inshootlar, o‘quv-tajriba maydonlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larni o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini, xorijiy adabiyot va o‘quv qo‘llanmalarni xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va ularni rag‘batlantirish, o‘quvchilarga stipendiya to‘lash uchun mustaqil sarflash;

•    dual ta’lim shaklini joriy qilgan professional ta’lim muassasalariga bo‘ysunuvidagi vazirlik yoki idoralar bilan kelishilgan holda mustaqil qaror qabul qilish vakolatini berish;

•    professional ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘quvchilar uchun stipendiya yoki moddiy rag‘batlantirishlar tizimini joriy etish;

•    dual ta’limda ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlar bilan birgalikda dual ta’lim shakli joriy qilingan professional ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini tizimli ravishda nazorat qilish hamda va ularning reytingini tuzish;

•    professional ta’lim muassasalarining mahalliy va xorijiy ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli o‘quv kurslarni tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzishi;

•    davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan “Ta’lim klasterlari” hamda ta’lim xizmatlarini tashkil etish belgilangan.

Qayd etilishicha, qaror asosida davlat-xususiy sheriklik asosida mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektor salmog‘ini kengaytirish maqsadida nodavlat kollej va texnikum tashkil etish uchun xususiy sektor vakillari takliflarini o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida zaruriy mablag‘lar ajratilishi nazarda tutiladi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар