Header poster
Жамият 11.02.2022

Toshkentlik haydovchi bir yilda 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yilda respublika bo‘yicha 95 ming nafar haydovchi 5 tadan ko‘p, 9 ming nafari 20 tagacha, 700 nafari 50 tagacha, 18 nafari 100 tagacha qoidabuzarlik sodir etgan.

Yunusobod tumanida yashovchi haydovchi 2021 yilda 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan (230 million so‘m jarima hisoblangan). Yuqorichirchiq tumanida yashovchi haydovchi 2021 yil 11 oyida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir qilib, oxir-oqibat jiddiy avariya sodir etgan. 

"Qo‘pol qoidabuzarlarga jazo muqarrarligi ta’minlanishi shart" - Prezident.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар