Header poster
Жамият 09.02.2022

O'zbekistonliklar qaysi Yevropa davlatiga ishga ketishi mumkinligi ma'lum qilindi

AOKAda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Ma'lum qilinishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi geografiyasini kengaytirish maqsadida qator rivojlangan davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan kelishuvlarga erishilmoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda chet elda ishlash istagida bo‘lgan o'zbekistonliklar xorijda xavfsiz, manzilli va qonuniy bandligini ta’minlash maqsadida Germaniya, Slovakiya, Latviya, Bolgariya, Polsha, Finlyandiya kabi davlatlarda ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.

Xususan, Germaniya ish beruvchi tashkilotlari tomonidan yuk mashina haydovchisi vazifasiga S,Ye kategoriyasiga ega va nemis tilini V1 darajasida biladigan, tibbiyot muassasalarida ishlash bo‘yicha kichik tibbiyot xodimlari uchun ish o‘rinlari taklif etilmoqda.

"Ta’kidlash joiz, yuqoridagi ish o‘rinlari uchun nomzodlarni ketishdan avval chet tili va kasbiy tayyorlash imkoniyatlari ham mavjud.

 Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga 1282 qisqa raqami yoki 71 kodi bilan 202-33-55 va 200-00-61 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin", - deyiladi xabarda

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар