Header poster
Жамият 31.01.2022

O‘zbekistonda yoshlarni pora berishdan to‘xtatadigan asosiy sabablar ma’lum qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bugungi kun yoshlari korrupsiya haqida qanday bilim va tasavvurga egaligi, ular bu illatga qarshi kurashishda o‘z ishtirokini qanday baholashini aniqlash maqsadida O‘zbekistonda yoshlarning fikr-mulohazalarini ifodalash uchun mo‘ljallangan resurs — U-Report bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Natijalarga ko‘ra, respondentlarning:

51 foizi korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunadi;

81 foizi korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyor;

46 foizi atrofdagilar pora olish/pora berishiga salbiy munosabatda.

Shuningdek, so‘rov ishtirokchilarining 81 foizi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etish korrupsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb hisoblagan.

Ushbu so‘rov yana bir muhim masalaga aniqlik kiritib bergan: bugungi kunda respondentlarning 56 foizi korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etayotganini his qilmoqda. Respondentlarni pora berishdan to‘xtatadigan 4 ta asosiy sabab:

e’tiqodga zid kelishi — 26 foiz;

noqonuniylik — 25 foiz;

qadriyatlarga/tarbiyaga zid ekani — 16 foiz;

jinoiy jazodan qo‘rqishi — 9 foiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul deb hisoblanuvchi top-3 javoblar:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (33 foiz);

“Men o‘zim” (27 foiz);

Huquqni muhofaza qilish idoralari (11 foiz).

Ta’kidlanishicha, agentlik shu kabi aniq va asosli natijalarga tayangan holda yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga samarali jalb etish ko‘lamini kengaytirishni maqsad qilgan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар