Header poster
Жамият 29.01.2022

Tashqi ishlar vazirligi oʻzbekistonliklar Rossiyada 15 kun roʻyxatdan oʻtmasdan qolishi mumkinligi haqidagi maʼlumotni rad etdi

Shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federasiyasi hududida 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan vaqtincha bo‘lishi mumkinligiga doir tartib kuchga kirgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi ishlar vazirligi ushbuxabarlarga izoh berdi.

Ta'kidlanishicha, o'zbekistonliklarining Rossiya Federatsiyasi hududida va rosiyyaliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishlari tartibi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim 2021 yil 17 iyun kuni imzolangan.

Bitimning 1-moddasiga ko‘ra, bir Tomon davlati hududida vaqtincha bo‘lib turgan boshqa Tomon davlatining fuqarolari 15 kun mobaynida kelish davlatining vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish) majburiyatidan ozod etiladilar, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, joriy yil 20 yanvar kuni mazkur xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga mamlakatimiz tomonidan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqida tegishli bildirishnomani yubordi.

Qayd etilishicha, Bitimning 4-moddasiga ko‘ra, Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari Tomonlar tarafidan bajarilgani to‘g‘risida oxirgi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali qabul qilingan sanadan kuchga kiradi.

Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan Bitim kuchga kirmagan, zero rossiya tomonidan tegishli davlat ichki tartib-taomillari hali yakunlanmagan, deya xulosa qildi TIV.

Shu bois shartnomada ko‘zda tutilgan majburiy ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilish, ya’ni 15 kun ichida bo‘lish joyi bo‘yicha kirish davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish moddasi kuchga kirmagan va o‘zbekistonliklar kelgandan so‘ng darhol Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар