
Жамият
25.01.2022
Oʻzbekiston energotizimidagi uzilishlarga Qozogʻistondagi avariya sabab boʻlgan — Energetika vazirligi
Soat 10:57 da Qozogʻiston Respublikasi elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston hamda Qirgʻiziston elektr tarmogʻida elektr energiya oʻchishi kuzatildi. Bu haqida Gazeta.uz xabar berdi.
Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Toshkent IESi, Sirdaryo IESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stantsiyani ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan, — deyiladi Energetika vazirligi xabarida.