Header poster
Жамият 25.01.2022

2021 yilda O'zbekistonda ish haqini to‘lamaslik bo‘yicha 6,5 mingdan oshiq holat aniqlandi

2021-yilda mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 27471 ta (2020-yilda – 19226 ta) tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilgan. Bu haqda  Tekshirishlarning umumiy sonidan 3054 tasi rajali tartibda, 24417 tasi fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tekshirishlar va o‘rganishlarda 52530 ta (2020-yilda – 40081 ta qonun buzilish holatlari) mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonun talablari buzilganligi aniqlandi, qonun buzilish holatlarining eng katta ulushi ish haqini to‘lamaslik bo‘yicha – 12,31 % (6466 xolat), mehnat shartnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha – 6,18 %, mehnat ta’tillar bo‘yicha – 4,89 %, ishdan noqonuniy bo‘shatish – 4,19%, bo‘sh ish o‘rinlarni yashirish – 10,05%, xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha – 3,52 %, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitish – 15,66 %, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarni yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish bo‘yicha – 16,0%, mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarida attestasiya o‘tkazish – 4,1 %, xodimlarni shaxsiy va jamoaviy himoya vositalar bilan ta’minlash – 5,28 %, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, rasmiylashtirish bo‘yicha – 4,3 %, ish va dam olish vaqtiga rioya etmaslik – 1,27 % va boshqa masalalar bo‘yicha – 12,25 % tashkil qildi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар