Header poster
Жамият 24.01.2022

O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingidan o‘rin oldi

Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlar 2022-yilgi reytingini e’lon qildi. Bu haqida Daryo xabar berdi.

O‘zbekiston mazkur reytingda ishtirok etgan 139 mamlakat ichida 27,31 ko‘rsatkich bilan 133-o‘rinni egalladi.

Ekspertlar turli mamlakatlarda yashash qanchalik qimmatga tushishini baholagan. Bunda, ijara haqi, do‘konlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi, shuningdek, hamyonbop restoranlarga tashrif buyurilganidagi o‘rtacha xarajat hisoblangan. Reytingga asos sifatida Nyu-York shahri olingan, aynan u uchta ko‘rsatkich bo‘yicha ham 100 indeksiga ega.

Reyting mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonda yashash Nyu-Yorkdan ko‘ra, 72,69 foizga arzon.

Ro‘yxatning dastlabki uchta pog‘onasidan Bermud orollari (146,04), Shveysariya (123,35) va Norvegiya (100,9) egallagan bo‘lsa, oxirgi o‘rinlarni Hindiston (24,43), Afg‘oniston (20,37) hamda Pokiston (19,92) band etgan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар