Header poster
Жамият 24.01.2022

Farg‘onadagi savdo do‘koni yonib ketdi

Farg‘ona shahridagi Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida bugun yong‘in yuz berdi.

Qayd etilishicha, hodisa tungi soat 01:08larda Farg‘ona shahrining “Furqat” MFYda yaqinidagi savdo do‘konida yuz bergan.  

Viloyat IIBning xabar berishicha, yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.  

"Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda",-deyiladi IIB xabarida.

Shuningdek, fuqarolardan kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish so‘ralmoqda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар