Header poster
Жамият 19.01.2022

Lacetti va Cobalt mijozlarga vaqtincha magnitolasiz yetkazib beriladi

UzAuto Motors komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli mijozlarga Lacetti va Cobalt avtomobillarini magnitolasiz yetkazib beradi.

UzAuto Motors kompaniyasi 19 yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari avtomagnitolasiz yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Global miqyosda yarimo‘tkazgichlar taqchilligi UzAuto Motors uchun GM sertifikatiga ega yagona radiomagnitofon ishlab chiqaruvchi Koreyaning Humax kompaniyasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Avtomobillarga avtomagnitolalarni yetkazib berish noma’lum muddatga to‘xtatilgan.

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to‘xtab qolishi hamda ishchi o‘rinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo‘llanilgan yagona to‘g‘ri qaror — avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarish deya qabul qildi, — deyiladi xabarda.

Keltirilishicha, bu haridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlaydi.

Kompaniya ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etgan:

Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o‘z avtomobilini magnitolasiz olish. Xohishingizga ko‘ra, bozordan o‘zingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o‘rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo‘qotmaysiz.

Avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan so‘ng, avtomobilni qayta jihozlash.

Kompaniya xaridorlardan uzr so‘ragan: 

Sizni ishontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallashtirish va har qanday vaziyatda murosa qilish uchun imkon qadar barcha ishlarni qiladi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар