Header poster
Жамият 19.01.2022

O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon yangi antirekord — bir sutkada 1214 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 18-yanvar kuni 1214 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 208 271 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining

31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

28 nafari Andijon viloyatida,

40 nafari Buxoro viloyatida,

39 nafari Jizzax viloyatida,

22 nafari Qashqadaryo viloyatida,

10 nafari Navoiy viloyatida,

30 nafari Namangan viloyatida,

45 nafari Samarqand viloyatida,

26 nafari Sirdaryo viloyatida,

25 nafari Surxondaryo viloyatida,

161 nafari Farg‘ona viloyatida,

34 nafari Xorazm viloyatida,

181 nafari Toshkent viloyatida,

542 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Ta’kidlash kerakki bundan oldingi kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 16-yanvar kuni tasdiqlangan edi — bir sutkada 1037 kishida COVID-19 aniqlangan.

 

Shu kun davomida 640 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 22 nafar, Andijon viloyatida 12nafar, Buxoro viloyatida 30 nafar, Jizzax viloyatida 55 nafar, Qashqadaryo viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 27 nafar, Samarqand viloyatida 52 nafar, Sirdaryo viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 9 nafar, Farg‘ona viloyatida 24 nafar, Xorazm viloyatida 19 nafar, Toshkent viloyatida 122 nafar, Toshkent shahrida 254 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 200 512 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1525 nafarni tashkil qilmoqda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар