Header poster
Жамият 18.01.2022

Toshkent tumanida narkokuryerlar opiy va gashishni kartoshka ichiga yashirib olib o‘tishga urinishdi

Narkokuryerlar opiy va gashishni kartoshka ichiga yashirib, Toshkentga olib kirishga urinishdi

13 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida Davlat bojxona qo'mitasi xodimlari "Damas" avtomashinasini kuzatuvga oldilar.

Operativ xodimlar avtomobilni Toshkent viloyatidagi Xasanboy qishlog'igacha kuzatib borishdi. Yetib borgach noma'lum shaxslar "Damas"dan kartoshka sumkalarini yuklayotgani aniqlandi. Qayd etilishicha   barcha ishtirokchilar qo‘lga olingan.

Qoplar ko‘zdan kechirilgach, ularning ichidan kartoshka ko‘rinishida qoplangan 480 dan ortiq buyumda  77 kilogrammdan ortiq opiy va gashish topilgan.

Shuningdek, operatsiya davomida, ushbu moddalarni olishi kerak bo‘lgan chet el fuqarosi ham qo‘lga olingan

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар