Header poster
Жамият 17.01.2022

"Soliq yukining oshirilishi narxning ko‘tarilishiga ta’sir qilmaydi" — Sherzod Kudbiyev

O‘zbekistonda soliq yukining oshirilishi halol ishlab kelayotgan tadbirkorlarga foyda bo‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan soliq ma’muriyatchiligidagi yangiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Daryo.

Sherzod Kudbiyev yig‘ilganlarga aksariyat kichik korxonalar yillar davomida mol-mulkini qayta baholamay kelganligi natijasida ko‘chmas mulkining qoldiq qiymati “past” yoki “nol” bo‘lganligi, shu bois, minimal qiymat asosida soliq hisoblanganda ushbu obyektlar uchun soliq yuki ortishi kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 41 mingta obyekt qayta baholanmaganligi sababli ularning qiymati bozor bahosiga nisbatan kam ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Bundan tashqari, mulklarini bozor narxlariga yaqinlashtirish maqsadida qayta baholab kelgan 21,5 mingta soliq to‘lovchida stavkaning pasayishi (2 %dan 1,5 %ga) hisobiga soliq summasi kamaytirilayotgani aytildi.

Jurnalistlar bilan savol-javob vaqtida DSQ raisiga jurnalistlardan biri poytaxtda 500 kvadrat metrlik yeri va 500 million so‘mlik binosi borligi hamda u yerda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanilishi haqida aytdi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, u 2 foizlik soliq to‘lovida 10 million so‘m soliq to‘lar edi.

Hozir sizlar 1,5 foizga kamaytirib, kvadrat metrni 2,5 millionga chiqarib qo‘ygandan keyin men yiliga 18,5 million so‘m to‘layman yiliga. Hozir siz 40 mingdan oshiq tadbirkorda soliq foizi ko‘payganini aytdingiz. Endi mening o‘sha yerda ishlab chiqaradigan mahsulotimning narxiga ta’sir qiladi. Siz aytgan 40 mingdan oshiq solig‘i ko‘payganlar narxni oshirmaydimi? Shu narx balandlashi oqibatida insonlar qiynalib qolmaydimi?, — deya savol qo‘ygan jurnalist.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev esa mazkur savolga shunday javob berdi:

Xuddi shu savolning teskarisi bor. 21 ming nafar to‘g‘ri ishlab kelayotgan tadbirkorning aybi nimada? Ular o‘z vaqtida ko‘rsatib kelyapti mulkini. Men sizning Toshkent shahridagi 500 kvadrat metrlik mulkingiz 500 million so‘m turishiga ishonmayman. Buning qiymati yuqoriroq turadi. O‘sha kattaroq qiymatdan to‘lash kerak. Chunki masalan yoningizda shunaqa ishlab chiqaruvchi sex bor, u halol va katta qiymatni ko‘rsatib kelyapti. U o‘zining mahsulotining narxiga katta qiymatni qo‘yib kelyapti. Va katta qiymatni qo‘yib kelishi natijasida o‘sha mahsuloti siznikidan qimmatroq bo‘lib qolyapti. Siznikidan qimmatroq bo‘lganidan keyin, u ham halol ishlab, ham bozorda raqobatda sizga yutqazyapti. Bu adolatlimi?.

Sherzod Kudbiyev binolarning qiymatini qayta hisoblab vaqtida ko‘rsatib borish kerakligi haqida gapirdi.

Lekin vaqtida ko‘rsatilmadimi, muammolarga duch kelinadi. Shunda ham 2,5 million so‘m bozor qiymati emas, Toshkent shahrida erkin bozor narxi bir kvadrat metrga 6 million so‘m. Biz bungacha yetib borganimiz yo‘q. Mening fikrimcha, soliq yukining ko‘tarilishi hajm nuqtai nazaridan va mol-mulk solig‘ini tannarxdagi ulushi nuqtai nazaridan juda kichkina ulushda va ta’sir qilmaydi. Ikkinchidan, halol ishlab kelayotgan tadbirkorlarga bu foyda bo‘ladi. Ya’ni avvaldan to‘g‘ri ishlab kelgan tadbirkorlarning raqobatbardoshligi oshadi, — deya qo‘shimcha qilgan u.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар