Header poster
Жамият 17.01.2022

O‘zbekistonda bir sutkada 1037 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 16-yanvar kuni 1037 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 206 122 nafarga yetdi, deb xabar beradi Daryo.

Yangi kasallanish holatlarining

39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

25 nafari Andijon viloyatida,

30 nafari Buxoro viloyatida,

40 nafari Jizzax viloyatida,

8 nafari Navoiy viloyatida,

32 nafari Namangan viloyatida,

55 nafari Samarqand viloyatida,

22 nafari Sirdaryo viloyatida,

15 nafari Surxondaryo viloyatida,

29 nafari Farg‘ona viloyatida,

35 nafari Xorazm viloyatida,

172 nafari Toshkent viloyatida,

535 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kun davomida 448 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar, Buxoro viloyatida 18 nafar, Jizzax viloyatida 53 nafar, Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 30 nafar, Samarqand viloyatida 32 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida 24 nafar, Xorazm viloyatida 27 nafar, Toshkent viloyatida 59 nafar, Toshkent shahrida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199 193 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarni tashkil qilmoqda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар