Header poster
Жамият 15.01.2022

Xonanda Lola koronavirusga chalindi

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Lola Yo‘ldosheva koronavirus infeksiyasiga chalindi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.

Qayd etish kerakki, xonanda o‘tgan yilning 1 dekabr kuni “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan edi.

Ammo 14 yanvar kuni Lola Yo‘ldosheva mazkur virus bilan kasallanganini ma’lum qildi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, tomog‘i juda kuchli og‘riyapti. Shuningdek, nafas olishi ham qiyinlashgan.

“Salom, Yangi yil Menda koronavirus. Tomog‘im juda kuchli og‘riyapti, hatto nafas olishga qiynalyapman”, deydi Lola Yo‘ldosheva.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар