Header poster
Жамият 15.01.2022

Andijonda o‘ndan ortiq fuqaroga soxta “zagranpasport” tayyorlab bergan sobiq IIB xodimiga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa sudi tomonidan o‘ndan ortiq fuqaroga soxta xorijga chiqish pasporti tayyorlab bergan sobiq ichki ishlar xodimiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Xo‘jaobod tumanida yashovchi A.X. 2017-yilning avgust oyidan 2021-yilning fevraliga qadar Xonobod shahar ichki ishlar bo‘limi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori hamda Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi 13-, 15-son ichki ishlar bo‘linmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori lavozimida ishlagan.

Faoliyati davomida zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasdan, mansab vakolatlaridan foydalanib, xorijiy davlatlarning milliy qonunchiligida belgilangan qoidalarni buzgani uchun ushbu davlatlardan chiqarib yuborilgan (deport qilingan) va muayyan muddatga kirishi taqiqlangan O‘zbekiston fuqarolariga boshqa shaxslarga tegishli biometrik pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda soxta xorijga chiqish pasportlarini tayyorlab bergan.

A.X. dastlab 2019-yilning oktabr oyida Asaka tumanida xizmat safarida bo‘lgan paytda jinoiy sherigi M.M. orqali tanishgan X.X. ga “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga zid ravishda uning nomiga soxta xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib bergan.

Shuningdek, u 2020—2021-yillar davomida fuqarolar Sh.S., I.T., D.X., G.Q., J.N., M.O‘., X.B., N.B., A.N. hamda M.I.ga boshqa hamkasblarining login-parollari orqali kompyuter bazasidagi “Zagran” dasturiga boshqa fuqarolarning ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan soxta “zagranpasport”lar tayyorlab bergan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар