Header poster
Жамият 15.01.2022

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich yana ortdi. Bir sutka ichida 876 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi

O‘zbekistonda 14 yanvar kuni 870 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 204 173 nafarga yetdi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining

15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

13 nafari Andijon viloyatida,

20 nafari Buxoro viloyatida,

23 nafari Jizzax viloyatida,

20 nafari Qashqadaryo viloyatida,

7 nafari Navoiy viloyatida,

23 nafari Namangan viloyatida,

48 nafari Samarqand viloyatida,

17 nafari Sirdaryo viloyatida,

8 nafari Surxondaryo viloyatida,

39 nafari Farg‘ona viloyatida,

37 nafari Xorazm viloyatida,

135 nafari Toshkent viloyatida,

451 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kun davomida 341 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar,  Jizzax viloyatida 24 nafar, Qashqadaryo viloyatida 38 nafar, Navoiy viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Samarqand viloyatida 76 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Xorazm viloyatida 25 nafar, Toshkent viloyatida 61 nafar, Toshkent shahrida 50 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197 942 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1513 nafarni tashkil qilmoqda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар