Header poster
Жамият 15.01.2022

Toshkentda erkak oilasi bilan yashashdan bosh tortgan o'g'lini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirishiga sal qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yerda o‘tirgan yigitni bo‘yniga arqon bog‘layotgan erkak aks etgan video tarqaldi.

Hodisa 12 yanvar kuni Mirobod tumanida sodir bo'lgan. 47 yoshli erkak katta o'g'lini uyiga olib ketishga harakat qilgan.

Xabar qilinishicha, 22 yoshli bola otasi bilan yashashni rad etgan. Shu asosda otasi va o'g'li o'rtasida janjal yuzaga kelgan, natijada otasi o'g'lini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirishiga sal qolgan.

Hodisa natijasida o'g'liga jismoniy shikast yetgan

Ma'lumotga ko‘ra,  O'zR jinoyat kodeksining 105-moddasi ("qasddan o'rtacha og'irlikdagi jismoniy shikast yetkazish") bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар