Header poster
Жамият 11.01.2022

Yunusuboddagi daraxtlarga ikkinchi marta suiqasd uyushtirildi

Toshkentda niqobdagi noma’lum shaxslar dekabr oyidan buyon ikkinchi marta archa daraxtlarini kesib tashlashga urinishdi. Uchastkani auksionda sotib olgan tadbirkor daraxtlarning ko‘chirilishiga rad javobini bergan ekologlar ustidan shikoyat qildi.

10 yanvarga o‘tar kechasi Toshkentning Yunusobod tumanida niqobdagi noma’lum shaxslar 4 tup eldor qarag‘ayini kesib tashladi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Amir Temur va Chinobod ko‘chalari chorrahasi yonida o‘sib turgan 18 tup daraxtning 10 tupi dekabr oyi o‘rtalarida noma’lum shaxslar tomonidan yarmigacha arralab ketilgan edi. Ularning navbatdagi urinishi odamlar arra ovozini eshitib chiqqanidan keyin chala qoldi.

Daraxtlar o‘sib turgan uchastka elektron auksionda doimiy foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorga poytaxt hokimligi tomonidan biriktirilgan.

Gazeta.uz'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, auksion 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tgan. Boshlang‘ich bahosi 168 mln so‘mni tashkil etgan yer yakunda qariyb 1 mlrd so‘mga sotilgan. Yer uchastkasining maydoni 115 kv m. bo‘lib, hujjatlarda ofis binosi va novvoyxona qurish uchun taqdim etilgani ko‘rsatilgan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар