Header poster
Жамият 08.01.2022

Qashqadaryoda tanish ayolga tegishli videolarni tarqatmaslik uchun pul talab qilgan bloger ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida o‘zini bloger sifatida tanishtirib, tasvirga olgan videosini internetda tarqatmaslik evaziga ikki million so‘m pul talab qilgan bloger ishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Sud majlisida ma’lum qilinishicha, o‘zini bloger sifatida tanishtirgan shaxs tanishining iltimosiga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘iga tegishli videolarni YouTube hamda TikTok ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan. Bu esa ayolning sha’nini toptagan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi ayol sudga da’vo kiritib, aybdor blogerga chora ko‘rilishini so‘ragan.

Dastlabki sud jarayoni va tayinlangan jazoga e’tiroz bildirgan "bloger" belgilangan muddatda yuqori instansiyaga shikoyat qilgan. Mazkur shikoyat arizasi 2022-yilning 7-yanvar kunidan boshlab sudya Burhon Turdiyev raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sud tergovida so‘z olgan ayblanuvchi bloger qilmishidan pushaymonligini, jabrlanuvchining videosini o‘zi tasvirga olmaganini, unga videotasvirlarni jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i berib, internetda tarqatishni iltimos qilganini aytdi. Shuningdek, birinchi instansiya qaroridan noroziligini, unga imkon berilsa, ijtimoiy tarmoqqa chiqargan videosini o‘chirib tashlab, obunachilariga xato qilganini aytib, videomurojaat qilishini ma’lum qildi. Jabrlanuvchi esa bunga hojat yo‘qligini, video internetda tarqalib ulgurganini, endi aybdor qilmishiga yarasha jazo olishini xohlayotganini ta’kidladi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар