
Жамият
03.01.2022
2022 yil "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" deb eʼlon qilindi
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida maʼlum qildi.
Davlat rahbari yangi yilga nom berishda keng jamoatchilikning fikrlari o‘rganilganini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, prezident yilni nomlash bo‘yicha taklifini birinchi marotaba Yangi yil arafasida eʼlon qilmoqda. Oldingi yillar bu taklif parlamentga murojaat davomida bildirilayotgan edi.