Header poster
Жамият 30.12.2021

Qariyb 7 oyda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilariga 43,4 mlrd so‘m to‘lab berildi

Gazeta.uz xabar berishicha, "Sog‘lom turmush tarzi" platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

1hls.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan 18 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi soni 1 mln 209 ming 77 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi.

Qayd etilishicha, shundan 757 ming 680 nafari erkaklar, 451 397 nafari esa ayollardan iborat.

E’tiborlisi, platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 mlrd 45 mln 953 ming so‘m miqdorida mablag‘lar to‘lab berilgan, — deyiladi xabarda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар