Header poster
Жамият 29.12.2021

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga 2018 yilda lavozimga tayinlangach, uyushgan guruh tuzib, milliardlab byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Oliy sudning ma’lum qilishicha, u 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi S.Ashirmatov raisligida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi natijasida sud quyidagicha hukm qilgan:

Akram Rahmonqulov Jinoyat kodeksining

167-moddasi 3-qismi "a", "v" bandlari (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);

184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash);

189-moddasi 1-qismi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish);

205-moddasi 2-qismi "a", "b" bandlari (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish);

207-moddasi 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash);

209-moddasi 2-qismi "a", "b" bandlari (Mansab soxtakorligi);

243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari ya’ni 111 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud hukmi bilan Akbar Rahmonqulov (J-Quruvchi MCHJ direktori), Alisher Rahmonqulov (Ravon Yo’l Invest MCHJ, Sogdiana pipeplast MCHJ va Jizzax savdo lyuks MCHJlar direktori), Abror Rahmonqulov (Zenatkor Sayhan Kon Sanoat MCHJ direktori), Adham Rahmonqulov (Zenatkor temir beton buyumlari MCHJ direktori) va yana 20 dan ortiq shaxslarga turli jazolar tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Rahmonqulov milliardlab byudjet mablag‘larini talon-toroj qilib kelgan. Shu maqsadda qurilish sohasiga mas’ul viloyat tashkilotlari rahbarligiga hamda viloyat tender komissiyasiga tanish-bilishlarini qo‘yib, ular orqali o‘zining g‘arazli maqsadlariga sharoit yaratgan. Xususan, u 2018–2020 yillarda jami 494 milliard so‘mlik 82 ta ob’yekt qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘zining rahnamoligidagi 9 ta pudrat tashkilotiga topshirib, qurilish ishlari hajmini sun’iy ravishda oshirilgan narxlarda rasmiylashtirish, qo‘shib yozish orqali qariyb 20 milliard so‘mlik byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар