Header poster
Жамият 29.12.2021

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning davlat xizmatiga qabul qilinmasligi belgilanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda deputatlar “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi. Bu haqida kun.uz xabar berdi.

Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish va tegishli sub’yektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilanmoqda.

Qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. 

Mazkur hujjatda shuningdek, birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, loyihada davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar o‘z aksini topmoqda.

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар