Header poster
Сиёсат 29.12.2021

O‘zbekiston va Rossiya Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

27-dekabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Russlanbek Davletov va Rossiya Federasiyasi adliya vaziri K. Chuychenko ikki davlat adliya vazirliklari o'rtasidagi 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar. Bu haqda Darakchi xabar berdi.

Hamkorlik dasturida qonunchilikni takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish tartibini raqamlashtirish, qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish, tartibga solish siyosati (“tartibga solish gilyotinasi” mexanizmini amalga oshirishda), sud ekspertizasi va boshqa sohalarda tajriba almashish bo‘yicha tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, hujjat ikki davlat adliya organlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgan.

 

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар