Header poster
Сиёсат 11.01.2022

“O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan farq qiladi”. Xorijlik mutaxassislar Lukashenkoning fikrlari haqida

10-yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida Belarus prezidendi Lukoshenko O'zbekiston haqida fikr bildirgan edi.


Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi kerak, aks holda, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘polon tashkilotchilarining nigohi, jumladan, O‘zbekistonga qaratilgan, — dedi Belarus rahbari.

Lukashenkoning so‘zlariga xorijlik mutaxassislar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Pokistonlik mutaxassis, Global va strategik tadqiqotlar markazining ijrochi direktori, Khalid Taimur Akram voqea yuzasidan “Daryo”ga o‘z munosabatini bildirib o‘tgan.

Ba’zi OAV Qozog‘istondagi vaziyat O‘zbekistonda ham takrorlanishi mumkinligi haqida yozdi. Bunday fikrlar umuman noto‘g‘ri, chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng kuchli va barqaror mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bir necha o‘n yilliklar davomida O‘zbekiston o‘zini mustahkam va kuchli ‘mintaqaviy o‘yinchi’ sifatida namoyon etdi. Bu narsaga avvalambor prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosati yordamida erishildi.

Mamlakatda bugungi kunda qator iqtisodiy islohotlar kuzatilmoqda, barcha etnik guruhlar va millatlar birdamlikda hayot kechirmoqda. Prezident Mirziyoyev esa jahon miqyosida mashhur rahbarga aylandi. Hukumatning samarali strategiyasi raqobatbardoshlikni, inklyuzivlikni hamda ochiq tashqi siyosatni ta’minlashga qaratilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda Qozog‘istondek vaziyat kuzatilmaydi deb bemalol ayta olaman, – dedi pokistonlik mutaxassis.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti markazining yetakchi mutaxassisi Stanislav Prirtchinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi vaziyat Qozog‘istondagidan tubdan farq qiladi.

Masalaga global yondashadigan bo‘lsak, albatta, vaziyatga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ammo O‘zbekistondagi amaldagi vaziyat Qozog‘istondagi vaziyatdan tubdan farq qiladi: u yerda Qozog‘istonda kuzatilgani kabi biror siyosiy qarama-qarshiliklar kuzatilmayapti, – dedi Pritchin.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda vaziyat stabildir: barcha qarorlar ba’zida jamoatchilik fikrini inobatga olmagan holda qabul qilinsa-da, ular xalq hayotini inobatga olgan holda qabul qilinadi va adekvatdir.

Shu sababli vaziyatni o‘zgartirishga qodir qandaydir signallar mavjud emas, – dedi u.

Sobiq hindistonlik diplomat Vinod Kumarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiya yoki Xitoy bilan chegaradosh emas, mamlakat o‘zini-o‘zi ta’minlay oladi. Lukashenkoning so‘zlari esa shunchaki O‘zbekistonni KXShTga a’zo qilishga qaratilgan “taklif”dir.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар